Barcha yechimlar bir dasturda

Digimed — Xususiy klinikalar va tibbiyot birlashmalari faoliyatini mukammal tarzda uzluksiz boshqaruvchi onlayn tizim. Ushbu tizim:
— bemorlarni ro'yxatga olish;
— elektron navbatni shakllantirish
— shifokorlar qabulini tartibga solish;
— tekshiruv natijalarini raqamlashtirish;
— pul kirim chiqimlarni nazoratga olish;
— palatalar hisobini yuritishdan iborat bo'lib, bundan tashqari sohada faoliyat yuritayotgan har bir xodimning ish samaradorligini tekshirish, tahlil qilish va yaxshilash imkonini beradi

Konsultatsiya olish uchun
STATSIONAR BO'LIMINI avtomatlashtirish
Bemorlar oqimini
oshirish
  • Onlayn qabulning tezkorligi va qoldirilgan xabarlarga doimiy javob qaytarilishi orqali siz mavjud bemorlar oqimini oshirishingiz, yangilarini jalb qilishingiz va ularning ishonchiga sazovor bo'lishingiz mumkin.
Moliyaviy
tejamkorlik
  • Avtomatlashtirilgan tizimdan foydalanish orqali siz qimmatbaho uskunalar, kompyuterlar xarid qilishingiz, dasturlar va serverlar nazorati uchun xodimlar yollashingiz shart emas.
Rivojlanish
  • Digimed — mashhur va sifatli tibbiy xizmatlar bo'yicha to'liq statistik ma'lumotlarni to'plash imkonini beradi. Ushbu ma'lumotlardan foydalanib, siz to'g'ri strategiyani tuzishingiz va tibbiyot muassasangizning yuqori samaradorligini ta'minlashingiz mumkin.
Xodimlar faoliyatini
rag'batlantirish
  • Jarayonlarni avtomatlashtirish tibbiyot xodimlarining ishini oson va qulay bo'lishini ta'minlaydi. Shu bilan birga, jarayonni yagona tizim orqali boshqarish, ularning samaradorligini tahlil qilish, tibbiyot xodimlarini yanada yuqori natijalarga erishishga undaydi.
Shifokorlar bo'limi
Bu bo'limni avtomatlashtirish o'ziga biriktirilgan bemorlarni ko'rish, shikoyatlarni o'rganish va ularga tashxis qo'yish, kasallik tarixini o'rganish, MKB-10 bo'yicha ishlash imkonini yaratadi.
Kassa bo'limi
Ushbu bo'limni avtomatlashtirish to'lovlarni naqd va plastik ko'rinishda qabul qilish, pulni qaytarish, xarajatlar hisobini kiritish imkoniyatini beradi.
24/7 qo'llab-quvvatlash tizimi:
Foaliyatingiz samaradorligi va to'xtovsizligi uchun 24/7 qo'llab-quvvatlash tizimining mavjudligi.
Nima uchun
DIGIMED ?
DASTURNI BEPUL SINOV DAVRI UCHUN ARIZA QOLDIRING
Foydalanuvchi huquqlari:
Foydalanuvchiga tegishli bo'lgan ma'lumotlarni yashirish. Xodimlar faoliyati xususida to'liq ma'lumot olish imkoniyati.
Klinika faoliyati to'liq nazorat qilish:
Klinikada olib borilayotgan biznes jarayonlarini aniq va to'g'ri tahlil qilish imkoniyati.
Telegram bot
Ushbu bot orqali bemorlar tekshiruv natijlari, shifokor tashxisi va retseptlarni onlayn tarzda tez va qulay tarzda olishlari mumkin.

Digimed — 10 yillik tajribaga ega, 100 dan ortiq eng malakali kadrlarni o'zida jamlagan O'zbekistondagi mashhur IT kompaniyalaridan biri.
Bugungi kunda kompaniya 30 dan ortiq kliniklar faoliyatini muvaffaqiyatli avtomatlashtirish erishib, o'z mijozlari ishonchini qozonib kelmoqda.
Kompaniya sizga taklif etadigan eng muhim afzallik bu — 10 yillik servis xizmatining mavjud ekanligida.
DASTURNI BEPUL SINOV DAVRI UCHUN ARIZA QOLDIRING